“O‘zog‘irsanoatloyiha” instituti aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risida

“O‘zog‘irsanoatloyiha” instituti aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risida

Xabarnoma

“O‘zog‘irsanoatloyiha” instituti AJ kuzatuv kengashining 2025 yil
10 fevraldagi majlis qaroriga asosan 2025 yil 12 mart kuni soat 11:00 da Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilgan:
1. Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish reglamentini va sanoq komissiyasini shaxsiy tarkibini tasdiqlash.
2. Jamiyatning kuzatuv kengashi tarkibiga 1 (bir) nafar mustaqil a’zoni tanlash.
3. Jamiyatning uzoq muddatga mo‘ljallangan rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash.
4. Jamiyatning yangi tahrirdagi tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash.
5. Jamiyatning 2024 yil yakuni bo‘yicha Milliy buxgaltiriya hisobi standartlari (MBHS) hamda Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari (XMHS) asosida tayyorlangan moliyaviy hisobotlarini tashqi auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish uchun auditorlik tashkilotini tanlash va uning xizmatlariga to‘lanadigan eng ko‘p haq miqdori belgilash hamda u bilan shartnoma tuzish.
6. Jamiyatning ichki nizomlarini yangi tahrirda tasdiqlash.
Jamiyat aksiyadorlarining reyestri shakllantiriladigan sana – navbatdagi umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida xabardor qilish uchun aksiyadorlar reyestri 2025 yil
10 fevral holatiga va aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida qatnashish huquqiga ega jamiyat aksiyadorlarining reyestri 2025 yil 6 mart holatiga shakllantiriladi.

Aksiyadorlar o‘zlari bilan shaxsni tasdiqlovchi hujjat–pasport, aksiyadorlarning vakillari O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligada belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan (yuridik shaxslar uchun - mazkur yuridik shaxs tomonidan berilgan) ishonchnoma bilan kelishlari shart.

Yig‘ilish Toshkent shahri, Mustaqillik shoh ko‘chasi, 88 - uyda joylashgan Jamiyatning ma’muriy binosining majlislar zalida o‘tkaziladi.
Yig‘ilish qatnashchilarini ro‘yxatga olish soat 10.00 da boshlanadi.


Ushbu saytda e'lon qilingan materiallardan to'liq yoki qisman foydalanish va iqtibos keltirishda rasmiy saytga havola kerak bo'ladi.

 

Яндекс.Метрика

 

Manzil:

Mustaqillik shoh ko‘chasi 88

Telefon:

71 268 99 19
71 237 34 84

Faks:

71 268 99 15
uztp@exat.uz

Email:

uzogirsl@proekt.uz
uzogir_2020@mail.ru