Bo'sh ish o'rinlari
“O‘zog‘irsanoatloyiha” AJ Korrupsiyaga va monopoliyaga qarshi komplaens xizmati bosh mutaxassisi
lavozimi bo‘yicha tanlov e’lon qiladi
Lavozim nomi: |
Korrupsiyaga va monopoliyaga qarshi komplaens xizmati bosh mutaxassisi |
Ish beruvchi haqida ma’lumot: |
“O‘zog‘irsanoatloyiha” AJ – sanoat binolari va inshootlarini loyihalash, binolarni texnik va instrumental ko‘rikdan o‘tkazish sohasida faoliyat yurituvchi loyiha instituti. |
Lavozimning asosiy vazifalari: |
· AJda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini tashkil etish va takomillashtirish; · korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni oldini olish va ularga qarshi kurashish choralarini amalga oshirish; · korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qabul qilingan chora-tadbirlar samaradorligini ta’minlash hamda monitoringini olib borish; · raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablari buzilishining oldini olish. · AJ faoliyatining raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiqligini ta’minlash va monitoring qilish; · tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish. |
Nomzodga qo‘yiladigan talablar: |
· O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lish; · huquq, moliya, iqtisodiyot yoki huquqni muhofaza qilish sohasida oliy ma’lumotga ega bo‘lish; · korrupsiyaga va monopoliyaga qarshi qonunchilikni bilish; · huquqni muhofaza qiluvchi yoki boshqa davlat organlarida sohaga doir yo‘nalishlarda kamida 10 yillik mehnat stajiga ega bo‘lish; · davlat tilini mukammal bilish; · MS Office dasturlari va internet bilan ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lish; · mehnatsevarlik va mas’uliyatlilik. |
Mehnat sharoitlari: |
· ish joyi: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani; · ish vaqti: dushanba – juma, soat 08:00 dan 17:00 gacha; · oylik maosh: 6–8 mln. so‘m; · yo‘lkira, ovqatlanish va aloqa xarajatlari qoplanmaydi. |
Tanlovda ishtirok etish istagidani bildirgan nomzodning belgilangan shakldagi arizasi 2025 yil 14 iyun soat 17:00 gacha Toshkent sh., Mirzo Ulug‘bek tumani, Mustaqillik prospekti, 88-uy (22-xona) manzili bo‘yicha topshirilishi yoki uzogir_2020@mail.ru elektron pochta orqali yuborishi lozim. Batafsi ma’lumotlar uchun 71 2689921 raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.
Tanlov tartibi:
- Tanlov 2025 yil 20 iyun kuni “O‘zog‘irsanoatloyiha” AJ binosida suhbat shaklida o‘tkaziladi.
- Tanlovni o‘tkazish vaqti haqida nomzodlarga 2025 yil 18 iyundan kechikmay ko‘shimcha ma’lumot beriladi.
- Suhbat ko‘rinishila tanlov korrupsiyaga qarshi kurashish, monopoliyaga qarshi va raqobatni rivojlantirish sohalarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarga, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”, “Davlat xaridlari to‘g‘risida”, “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida” qonunlariga oid savol-javob tariqasida o‘tkaziladi.