Hurmatli aksiyador!

"O'zog'irsanoatloyiha" AJ instituti aksiyadorlarning yillik umumiy yig'ilishining 2018-yil 29-iyundagi qarori asosida Jamiyat aksiyalari bo'yicha 199 046,88 ming so'm (bir aksiya uchun 45 so'm) miqdorida dividendlar qo'shib hisoblab chiqilganligini xabar beradi. Ushbu qarorga ko'ra, dividendlar to'lashning boshlanish sanasi 2018-yil 9-iyul, to'lovning tugash sanasi 2018-yil 28-avgust ekanligi aniqlandi.

Shu munosabat bilan, Sizga tegishli dividendlarni olish uchun Jamiyat nomiga murojaat qilishingizni so'raymiz. Yoningizda pasport va plastik karta rekvizitlari (mavjud bo'lganda), dividendlaringizni o'tkazish uchun boshqa rekvizitlari bo'lishi kerak. Agar sizda plastik karta bo'lmasa, Siz uchun qulay bo'lgan har qanday bankda plastik kartani rasmiylashtirishingizni so'raymiz.

DIQQAT! O'zbekiston Respublikasining "Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida" gi Qonunining 42-moddasiga muvofiq Aksiyador o‘ziga oid ma’lumotlardagi o‘zgarishlar haqida uning aksiyalarga bo‘lgan huquqlarini hisobga olish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi Markaziy depozitariyni va (yoki) investitsiya vositachisini o‘z vaqtida xabardor qilishi shart. Aksiyador o‘ziga oid ma’lumotlar o‘zgarganligi haqidagi axborotni taqdim etmagan hollarda, aksiyadorning o‘z aksiyalariga bo‘lgan huquqlarini hisobga olish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi Markaziy depozitariy va (yoki) investitsiya vositachisi buning oqibatida aksiyadorga yetkazilgan zarar uchun javobgar bo‘lmaydi.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, Sizdan Markaziy depozitariy va (yoki) uning aktsiyalariga bo'lgan huquqlarni hisobga olish bo'yicha xizmatlar ko'rsatuvchi investitsiya vositachisini o'z ma'lumotlaridagi o'zgarishlar to'g'risida o'z vaqtida xabardor qilishingizni so'raymiz. 
Ushbu saytda e'lon qilingan materiallardan to'liq yoki qisman foydalanish va iqtibos keltirishda rasmiy saytga havola kerak bo'ladi.

 

Яндекс.Метрика

 

Manzil:

Mustaqillik shoh ko‘chasi 88

Telefon:

71 268 99 19
71 237 34 84

Faks:

71 268 99 15
uztp@exat.uz

Email:

uzogirsl@proekt.uz
uzogir_2020@mail.ru