“O’zog’irsanoatloyiha” instituti AJ kuzatuv kengashining mustaqil a'zoligiga tanlov e'lon qiladi
Oʻzbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni va “O’zog’irsanoatloyiha” instituti aksiyadorlik jamiyati (keyingi oʻrinlarda – “Jamiyat”) ustavi, Korporativ boshqaruv kodeksi talablariga hamda kuzatuv kengashining qaroriga muvofiq Jamiyat kuzatuv kengashining mustaqil a'zoligiga nomzodlar tanlovini e'lon qiladi.
Tanlovda ishtirok etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek, ushbu tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan xorijiy davlatlarning fuqarolari taklif etiladi.
Nomzodlarga qoʻyiladigan talablar
1. Mustaqil a'zo jamiyatning rivojiga keng miqyosda hissa qoʻshish uchun qolgan kuzatuv kengashi a'zolarining xususiyatlaridan sezilarli darajada farq qiladigan tajriba, malaka va kasbiy koʻnikmalarga ega boʻlishi kerak.
2. Quyidagilar kuzatuv kengashining mustaqil a'zosi boʻlishi mumkin emas:
- oliy ma'lumotga ega boʻlmagan shaxs;
- rahbarlik (rahbar, rahbar oʻrinbosari, bosh hisobchi, menejer, supervayzer, yuridik xizmat boshligʻi, korporativ boshqaruv sohasida faoliyat yuritadigan boshqarma boshligʻi, vakolatxona yoki filial rahbari) lavozimlarida kamida ikki yillik ish tajribasiga ega boʻlmagan shaxs;
- sudlanganlik holati oʻrnatilgan tartibda tugatilmagan yoki olib tashlanmagan shaxs;
- soʻnggi uch yil ichida jamiyatda va (yoki) jamiyatning affillangan shaxslarida ishlagan shaxs;
- jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining besh yoki undan ortiq foiziga egalik qiluvchi (toʻgʻridan-toʻgʻri va (yoki) affillangan shaxslar orqali) aksiyador;
- jamiyatning va (yoki) uning affillangan shaxsining yirik mijozi va (yoki) yirik etkazib beruvchisi bilan fuqarolik-huquqiy munosabatlarda boʻlgan shaxs. Bunda qaysi shaxslar bilan bazaviy hisoblash miqdorining ikki ming baravaridan koʻp boʻlgan summaga teng amaldagi shartnoma mavjud boʻlsa, oʻsha shaxslar yirik mijoz va yirik etkazib beruvchi deb e'tirof etiladi;
- soʻnggi uch yil ichida jamiyatga va (yoki) jamiyatning affillangan shaxslariga auditorlik xizmatlarini koʻrsatgan auditorlik tashkilotining xodimi;
- ketma-ket olti yil davomida jamiyatning kuzatuv kengashi tarkibiga kirgan shaxs;
- jamiyat va (yoki) uning affillangan shaxslari bilan biror-bir kelishuvga ega boʻlgan shaxs, bundan kuzatuv kengashi a'zosining vazifalari va funksiyalari bajarilishini ta'minlash bilan bogʻliq boʻlgan kelishuvlar mustasno;
- jamiyatning boshqaruv va ichki nazorat organlarining va (yoki) uning affillangan shaxslarining a'zosi boʻlgan shaxsning yoki soʻnggi uch yil ichida ularga a'zo boʻlgan shaxsning yaqin qarindoshi yoki quda tomondan qarindoshi (ota-onasi, aka-ukalari, opa-singillari, oʻgʻillari, qizlari, eri (xotini), shuningdek erining (xotinining) ota-onasi, aka-ukalari, opa-singillari va farzandlari) boʻlgan shaxs;
- davlat boshqaruvi organining yoki davlat korxonasining xodimi boʻlgan shaxs;
- jamiyatning ustavida yoki aksiyadorlar umumiy yigʻilishining qarorlari bilan tasdiqlangan hujjatlarda belgilangan talablarga muvofiq boʻlmagan shaxs.
- jamiyat faoliyati yoʻnalishidan kelib chiqib, kuzatuv kengashi va/yoki qoʻmita tomonidan nomzodlarga qoʻshimcha talablar belgilanishi mumkin.
3. Kuzatuv kengashi tarkibiga saylangan mustaqil a'zolar oʻz zimmasiga quyidagi fidusiar majburiyatlarni oladi:
- jonkuyarlikni namoyon qilish majburiyati - vijdonan va jonkuyarlik asosida harakat qilish;
- sodiqlikni namoyon qilish va manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslik majburiyati - birinchi navbatda jamiyat manfaatlaridan kelib chiqib harakat qilish;
- lozim darajada koʻzdan kechirishlikni namoyon qilish majburiyati jamiyatga nisbatan qaror qabul qilishda ehtiyotkorlik bilan yondashish;
- mustaqil mulohazadan foydalanish majburiyati - qarorlarni mustaqil, shaxsiy va boshqa manfaatlarni inobatga olmagan holda qabul qilish.
Tanlovda ishtirok etish uchun talabgor shaxsan oʻzi va/yoki elektron pochta orqali quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
- shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
- mehnat faoliyati toʻgʻrisida ma'lumotnoma (rezyume);
- diplom va sertifikatlar nusxalari;
- mehnat daftarchasi nusxasi (mavjud boʻlsa) yoki ish tajribasini tasdiqlovchi hujjatlar, ma'lumoti toʻgʻrisidagi hujjat nusxasi;
- tavsiyaviyanoma (agar mavjud boʻlsa);
- sudlanganlik muddati yoʻqligi toʻgʻrisidagi ma'lumotnoma;
- Jamiyat “Kuzatuv kengashining mustaqil a'zoligi uchun tanlov oʻtkazish va nomzodlarni tanlab olish toʻgʻrisida”gi nizomning 1 - ilovasida keltirilgan shaklda jamiyat kuzatuv kengashi mustaqil a'zosining mustaqillik mezonlariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi ariza.
Jamiyat kuzatuv kengashining mustaqil a'zosi qonunchilik xujjatlarida belgilangan vazifalar va vakolatlar va majburiyatlarga ega boʻladi.
Chet (ingliz, rus va boshqa) tillarini bilish tavsiya etiladi.
Tanlovda ishtirok etish uchun hujjatlarni taqdim etish:
Da'vogar nomzodlarning hujjatlari (shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi, rezyume yoki ma'lumotnoma, diplom va sertifikatlar nusxalari, tavsiyanomalar (agar boʻlsa), mehnat daftarchasi nusxasi, sudlanganlik muddati yoʻqligi toʻgʻrisidagi ma'lumotnoma) Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Mustaqillik shoh koʻchasi,
88 - uy manzili boʻyicha muhrlangan konvertlarda qabul qilinadi.
Hujjatlarni qabul qilish muddati: ushbu e'lon Jamiyat veb - saytida (https://proekt.uz) Korporativ ma'lumotlarning yagona portalida (www.new.openinfo.uz) e'lon qilingan kundan boshlab 10 kun.
Tanlovda ishtirok etish boʻyicha ishtirokchilar quyidagi telefon orqali bogʻlanishlari mumkin: (71) 237 – 34 - 84