2025-yil 31-iyul kuni “O‘zog‘irsanoatloyiha” instituti AJda xodimlar o‘rtasida “Korrupsiyaga qarshi kurash va manfaatlar to‘qnashuvi” mavzusida tushuntirish ishlari olib borildi.
Uchrashuv davomida amaldagi qonunchilikka qat’iy rioya qilish, mansab va xizmat majburiyatlarini vijdonan, halol hamda odob-axloq qoidalariga muvofiq bajarish, shuningdek, har qanday huquqbuzarliklardan tiyilish zarurligi alohida ta’kidlandi.
Tushuntirish ishlari korrupsiya holatlarining oldini olish va xodimlarda huquqiy ongni oshirish maqsadida tashkil etildi.