Bugun “O‘zog‘irsanoatloyiha” instituti AJda “Korrupsiya – rivojlanishimizga to‘siq” mavzusida davra suhbati tashkil etildi

Bugun “O‘zog‘irsanoatloyiha” instituti AJda “Korrupsiya – rivojlanishimizga to‘siq” mavzusida davra suhbati tashkil etildi
Suhbat davomida korrupsiya davlat va jamiyat farovonligi, iqtisodiy barqarorlik hamda sog‘lom raqobat muhitiga jiddiy xavf tug‘diruvchi omillardan biri ekani alohida ta’kidlandi.
Shuningdek, ishtirokchilar o‘z faoliyatida ochiqlik, oshkoralik va shaffoflik tamoyillariga qat’iy rioya qilish korrupsiyaga qarshi kurashishda eng muhim vosita ekanini qayd etdilar. Samarali va ta’sirchan jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yish, tizimli profilaktik choralarni kuchaytirish hamda halollik muhitini mustahkamlash masalalari atroflicha muhokama qilindi


Ayni paytda "O'zog'irsanoatloyiha" institutda korrupsion yoki g‘ayriqonuniy holatlar haqida xabar berish imkoniyati yaratilgan. Har bir fuqaro yoki xodim quyidagi aloqa vositalari orqali murojaat qilishi mumkin:✉️

☎️ Ishonch telefoni: 71 237 32 70
Telegram: @uzogiranticorruption_bot

“O‘zog‘irsanoatloyiha” instituti AJ Komplaens xizmati kelib tushgan barcha murojaatlarning maxfiyligi kafolatlanishini ta’minlaydi.

Halollik va shaffoflik — barqaror rivojlanish garovidir
Ushbu saytda e'lon qilingan materiallardan to'liq yoki qisman foydalanish va iqtibos keltirishda rasmiy saytga havola kerak bo'ladi.

 

Яндекс.Метрика

 

Manzil:

Mustaqillik shoh ko‘chasi 88

Telefon:

71 268 99 19
71 237 34 84

Faks:

71 268 99 15
uztp@exat.uz

Email:

uzogirsl@proekt.uz
uzogir_2020@mail.ru