Korrupsiyaga qarshi kurash – ustuvor vazifamiz!

Korrupsiyaga qarshi kurash – ustuvor vazifamiz!
Joriy yilning 3 aprel kuni  O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligida korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan tanqidiy ruhdagi videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
Mazkur yig‘ilishdan so‘ng bugun “O‘zog‘irsanoatloyiha instituti” AJda Bosh direktor rahbarligida institut sektorlar rahbar xodimlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. 
Unda vazirlik videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosi muhokama qilinib, korrupsion holatlarning oldini olish, shuningdek sohada korrupsion xavfi yuqori bo‘lgan jarayonlarni to‘liq raqamlashtirish hamda inson omilini keskin qisqartirishga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilab berildi.

Yig‘ilish davomida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni yanada kuchaytirish, ijro intizomini mustahkamlash, belgilangan topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash zarurligi alohida ta’kidlandi. Shuningdek, korrupsion xavf-xatarlarni bartaraf etishda raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish ustuvor yo‘nalish sifatida qayd etildi.


☎️ Ishonch telefoni: 71 237 32 70
Telegram: @uzogiranticorruption_bot
Ushbu saytda e'lon qilingan materiallardan to'liq yoki qisman foydalanish va iqtibos keltirishda rasmiy saytga havola kerak bo'ladi.

 

Яндекс.Метрика

 

Manzil:

Mustaqillik shoh ko‘chasi 88

Telefon:

71 268 99 19
71 237 34 84

Faks:

71 268 99 15
uztp@exat.uz

Email:

uzogirsl@proekt.uz
uzogir_2020@mail.ru