“O‘zog‘irsanoatloyiha” instituti AJning aksiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi bo‘yicha Xabarnoma

“O‘zog‘irsanoatloyiha” instituti AJning aksiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi bo‘yicha Xabarnoma
“O‘zog‘irsanoatloyiha” instituti AJ Kuzatuv kengashining 2026-yil 3-iyundagi majlis qaroriga asosan 2026-yil 24-iyun kuni soat 11:00 da jamiyat aksiyadorlarining navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishi o‘tkaziladi.

Kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilgan:

1. Jamiyat aksiyadorlarining navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishini o‘tkazish reglamentini va sanoq komissiyasining shaxsiy tarkibini tasdiqlash.
2. Jamiyat ijroiya organining Jamiyatning 2025-yil yakunlari bo‘yicha moliyaviy-xo‘jalik faoliyati va biznes-reja ko‘rsatkichlari bajarilishi bo‘yicha hisobotini ko‘rib chiqish.
3. Jamiyatning 2025-yil yakuni bo‘yicha (yillik) moliyaviy hisobotini tasdiqlash.
4. Jamiyatda 2025-yil yakuni bo‘yicha korporativ boshqaruv tizimini baholash xulosasini ko‘rib chiqish.
5. Jamiyat Kuzatuv kengashining 2025-yil yakuni bo‘yicha hisobotini eshitish.
6. Jamiyatning 2025-yil moliyaviy-xo‘jalik faoliyati yakunlari bo‘yicha tashqi auditorlik tekshiruvi xulosasini eshitish.
7. Jamiyatning 2025-yil yakunlari bo‘yicha sof foyda taqsimoti, dividendlarni to‘lash shakli, miqdori va tartibini tasdiqlash.
8. Jamiyat bosh direktori bilan tuzilgan mehnat shartnomasini uzaytirish.
9. Jamiyat Kuzatuv kengashi a’zosini qayta saylash.
10. Jamiyatning 2026-yil uchun biznes-rejasini tasdiqlash.
11. Jamiyatning 2026-yil yakuni bo‘yicha Milliy buxgalteriya hisobi standartlari (MBHS) hamda Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari (XMHS) asosida tayyorlangan moliyaviy hisobotlarini tashqi auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish uchun auditorlik tashkilotini tanlash va uning xizmatlariga to‘lanadigan eng ko‘p haq miqdorini belgilash hamda u bilan shartnoma tuzish.
12. Jamiyatning yangi tahrirdagi tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash.
13. Jamiyatning yangi tahrirdagi ustavini tasdiqlash.

Jamiyat aksiyadorlarining reyestri shakllantiriladigan sana — navbatdagi umumiy yig‘ilishni o‘tkazish to‘g‘risida xabardor qilish uchun aksiyadorlar reyestri 2026-yil 3-iyun holatiga va aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida qatnashish huquqiga ega jamiyat aksiyadorlarining reyestri 2026-yil 18-iyun holatiga shakllantiriladi.

Aksiyadorlar o‘zlari bilan shaxsni tasdiqlovchi hujjat — pasport, aksiyadorlarning vakillari esa O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan (yuridik shaxslar uchun — mazkur yuridik shaxs tomonidan berilgan) ishonchnoma bilan kelishlari shart.

Yig‘ilish Toshkent shahri, Mustaqillik shoh ko‘chasi, 88-uyda joylashgan Jamiyatning ma’muriy binosining majlislar zalida o‘tkaziladi.

Yig‘ilish qatnashchilarini ro‘yxatga olish soat 10:00 da boshlanadi.

Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun quyidagi manzilga murojaat etilishi so‘raladi: Toshkent shahri, Mustaqillik shoh ko‘chasi, 88-uy.
Elektron pochta: [Бу электрон манзил спамлардан химояланган. Уни куриш учун JavaScript ни ишга туширишингиз керак.](mailto:Бу электрон манзил спамлардан химояланган. Уни куриш учун JavaScript ни ишга туширишингиз керак.),
tel.: 71-268-99-10.
Ushbu saytda e'lon qilingan materiallardan to'liq yoki qisman foydalanish va iqtibos keltirishda rasmiy saytga havola kerak bo'ladi.

 

Яндекс.Метрика

 

Manzil:

Mustaqillik shoh ko‘chasi 88

Telefon:

71 268 99 19
71 237 34 84

Faks:

71 268 99 15
uztp@exat.uz

Email:

uzogirsl@proekt.uz
uzogir_2020@mail.ru