“O’zog’irsanoatloyiha” instituti aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining navbatdagi umumiy yigʻilishi oʻtkazilishi toʻgʻrisida Xabarnoma

“O’zog’irsanoatloyiha” instituti aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining navbatdagi umumiy yigʻilishi oʻtkazilishi toʻgʻrisida  Xabarnoma

Xabarnoma

“O’zog’irsanoatloyiha” instituti AJ kuzatuv kengashining 2025 yil 
30 maydagi majlis qaroriga asosan 2025 yil 24 iyun kuni soat 11:00 da Jamiyat aksiyadorlarining navbatdagi yillik umumiy yigʻilishi oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilgan:
1. Jamiyat aksiyadorlarining navbatdagi yillik umumiy yigʻilishini oʻtkazish reglamentini va sanoq komissiyasini shaxsiy tarkibini tasdiqlash.
2. Jamiyat ijroiya organining Jamiyatning 2024 yil yakunlari boʻyicha moliyaviy - xoʻjalik faoliyati va biznes - reja koʻrsatkichlari bajarilishi boʻyicha hisobotini koʻrib chiqish.
3. Jamiyatning 2024 yil yakuni boʻyicha (yillik) moliyaviy hisobotini tasdiqlash.
4. Jamiyatda 2024 yil yakuni boʻyicha korporativ boshqaruv tizimini baholash xulosasini koʻrib chiqish.
5. Jamiyat kuzatuv kengashining 2024 yil yakuni boʻyicha hisobotini eshitish.
6. Jamiyatning 2024 yil moliyaviy - xoʻjalik faoliyati yakunlari boʻyicha tashqi auditorlik tekshiruvi xulosasini eshitish.
7. Jamiyatning 2024 yil yakunlari boʻyicha sof foyda taqsimoti, dividendlarni toʻlash shakli, miqdori va tartibini tasdiqlash. 
8. Jamiyat bosh direktori bilan tuzilgan mehnat shartnomasini uzaytirish.
9. Jamiyatning 2025 yil uchun biznes - rejasini tasdiqlash.
10. Jamiyatning 2025 yil yakuni boʻyicha Milliy buxgaltiriya hisobi standartlari (MBHS) hamda Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari (XMHS) asosida tayyorlangan moliyaviy hisobotlarini tashqi auditorlik tekshiruvidan oʻtkazish uchun auditorlik tashkilotini tanlash va uning xizmatlariga toʻlanadigan eng koʻp haq miqdori belgilash hamda u bilan shartnoma tuzish.
11. Koprorativ boshqaruv qoidalari tavsiyalariga rioya etish majburiyatini qabul qilish. 
12. Jamiyatning yangi tahrirdagi ustavi va ichki me'yoriy xujjatlarni  tasdiqlash.
Jamiyat aksiyadorlarining reestri shakllantiriladigan sana – navbatdagi umumiy yigʻilishini oʻtkazish toʻgʻrisida xabardor qilish uchun aksiyadorlar reestri 2025 yil 2 iyun holatiga va aksiyadorlar umumiy yigʻilishida qatnashish huquqiga ega jamiyat aksiyadorlarining reestri 
2025 yil 18 iyun holatiga shakllantiriladi.
Aksiyadorlar oʻzlari bilan shaxsni tasdiqlovchi hujjat–pasport, aksiyadorlarning vakillari Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligada belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan (yuridik shaxslar uchun - mazkur yuridik shaxs tomonidan berilgan) ishonchnoma bilan kelishlari shart.
Yigʻilish Toshkent shahri, Mustaqillik shoh koʻchasi, 88 - uyda joylashgan Jamiyatning ma'muriy binosining majlislar zalida oʻtkaziladi. 
Yigʻilish qatnashchilarini roʻyxatga olish soat 10.00 da boshlanadi.
Ushbu saytda e'lon qilingan materiallardan to'liq yoki qisman foydalanish va iqtibos keltirishda rasmiy saytga havola kerak bo'ladi.

 

Яндекс.Метрика

 

Manzil:

Mustaqillik shoh ko‘chasi 88

Telefon:

71 268 99 19
71 237 34 84

Faks:

71 268 99 15
uztp@exat.uz

Email:

uzogirsl@proekt.uz
uzogir_2020@mail.ru