Ma’lumki, keyingi yillarda mamlakatimizda qurilish ko‘lami kengayib, bu jarayonda ko‘plab savollar tug‘iladi. Qurilish vazirining birinchi o‘rinbosari Davron Odilov shaxsiy qabul tashkil etib, bir guruh yurtdoshlarimizning murojaatlarini tingladi. Ko‘tarilgan masalalar qurilishning turli yo‘nalishlari va bosqichlariga taalluqli bo‘lgani uchun ularni hal etish yuzasidan ko‘rsatmalar berilgan.
Ortga nazar tashlaydigan bo‘lsak, 2019-yilda Qurilish vazirligiga 1095 ta murojaat kelib tushgan bo‘lsa, 2020-yilda ularning 2105 tasi shaxsiy va sayyor qabul, 341 tasi yozma, 1599 tasi elektron murojaatlar bo‘lgan.
Fuqarolarning murojaatlari hal etilmoqda
Курилди: 36