Xorazm viloyatida ««Damas» rusumli yengil avtomobillarni ishlab chiqarishni tashkil etish» MChJ QK
Mamlakat: O‘zbekiston
Mamlakat ichidagi joylashuvi: Toshkent, Xorazm, Pitnak sh.
Boshlanish sanasi: 03.2013
Yakunlanish sanasi: 07.2013
Rejalashtirilgan yengil avtomobillar ishlab chiqarish maydoni “Xorazm avtomobil ishlab chiqarish birlashmasi” (XAIB) MChJ hududida, Pitnak shahrining sanoat zonasida joylashgan.
Yengil avtomobillar ishlab chiqarishni tashkil etish uchun mavjud bino va inshootlarni rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan.
“Damas” avtomobilini ishlab chiqarishni “XAIB” MChJ ishlab chiqarish obyektlariga o‘tkazish loyihasini ruyobga chiqarish ikki bosqichda amalga oshiriladi.
Birinchi bosqichda Asaka zavodi yig‘ish liniyasining mashina va uskunalarini demontaj qilish va ularni “XAIB” MChJ zavodiga o‘rnatish ko‘zda tutilgan. Sinov uskunalarini o‘rnatish va shu bilan birga yangi avtomobillar sifatini tekshirish liniyasini tashkil etish ko‘zda tutilgan.
“XAIB” MChJ zavodining quvvati birinchi bosqichda yiliga 20 000 ta avtomobil ishlab chiqarishni tashkil qiladi. Avtomobillarni ommaviy ishlab chiqarishni boshlash 2014 yilning birinchi choragiga rejalashtirilgan.
Ikkinchi bosqichda “Damas” avtomobili kuzovlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun payvandlash liniyasining barcha mashina va jihozlarini demontaj va montaj qilish, shuningdek, bo‘yash sexini yaratish ko‘zda tutilgan.
Kuzov panellari bilan ta’minlashni Asaka shahridagi “GM-Uzbekistan” presslash zavodidan amalga oshirish nazarda tutilmoqda.
“XAIB” zavodining ishlab chiqarish quvvatini 40 000 avtomobilgacha oshirish uchun yig‘ish liniyasining quvvatini soatiga 5 ta mashinadan 8 tagacha oshirish rejalashtirilgan. Buning uchun qo‘shimcha payvandlash uskunalari sotib olinadi, shuningdek soatiga 8 ta korpusni bo‘yashga qodir bo‘lgan yangi bo‘yash sexi tashkil etiladi.
Taqdim yetilgan texnologik yechimlar alohida texnologik liniyalarini bosqichma-bosqich ishga tushirishni hisobga olgan holda, funksional ishlab chiqarish guruhlarini 0.000 belgisida joylashtirishni nazarda tutadi. Shunday qilib, rekonstruksiya qilinayotgan bino (o‘lchamlari 195,3x116,0 m) maydonlarida quyidagi asosiy sexlar joylashgan: payvandlash sexi (48x96,5 m), bo‘yash sexi (48x195,3 m), yig‘ish sexi (48x72 m) va 3-qavatli MMK bloki ishlab chiqarish va muhandisliktexnologik binolar bilan birlashtirilgan, ikkita sex oralig‘idagi markazda joylashgan, o‘lchamlari 183,3 x 18 m.
Ma’muriy va maishiy blokning birinchi qavatida ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun yordamchi va muhandislik xonalari joylashgan. Ikkinchi qavatda sanitariya-maishiy maqsadlari uchun xonalar mavjud: kiyinish xonalari, dush, hojatxonalar, toza va iflos kirlarni saqlash, kiyim va poyabzallarni tozalash, sochlarni quritish, kimyoviy tozalash, yig‘ishtirish anjomlarini saqlash bo‘limi va boshqalar. Xuddi shu qavatda 150 o‘rinli oshxona va sexningning ofis xonalari mavjud. Ikkinchi qavat ishlab chiqarish sexlari oralig‘ining o‘rtasida joylashganligini va tabiiy yoritgichlarga ega emasligini hisobga olib, yig‘ish va payvandlash sexlaridan deraza teshiklarini tashkillashtirish hisobiga binolarni ikkinchi yorug‘lik bilan yoritishga qaror qilindi. Ofis binolari yon tomonda joylashgan va bevosita tabiiy yoritishga ega. Uchinchi qavat texnik qavat bo‘lib, u yerda muhandislik tarmoqlari o‘tkaziladi va uskunalar o‘rnatilgan.
Kontrakt doirasida chinakam bajarilgan ishlar ta’rifi:
- Bosh reja va transport
- Ishlab chiqarish texnologiyasi
- Me’moriy-qurilish yechimlari
- Issiqlik ta’minoti va energiya ta’minoti
- Isitish, shamollatish va havoni konditsiyalash
- Suv ta’minoti va kanalizatsiya
- Elektrotexnik qismi
- Smetalar
- Mualliflik nazorati