«UzAUTO-INZI» MChJ QK
Mamlakat: O‘zbekiston
Mamlakat ichidagi joylashuvi: Toshkent
Boshlanish sanasi: 08. 2015 yil
Yakunlanish sanasi: 07.2017 yil
Korxona Respublika avtomobilsozlik sanoatini yanada rivojlantirish, yangi texnologiyalarni o‘zlashtirish va xalqaro talab va standartlarga javob beradigan zamonaviy energiya agregatlarini ishlab chiqarishni tashkil etish orqali avtomobillarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirishga mo‘ljallangan.
Korxona quyidagilarni o‘z ichiga olgan:
- ishlab chiqarish binosi;
- ma’muriy-maishiy bino taqsimlovchi oshxona bilan;
- avtomobil tarozisi;
- NO‘P;
- gradirnya;
- qozonxona zaxira yoqilg‘i solingan rezervuar bilan;
- metall chiqindilari maydonchasi;
- maishiy chiqindilar maydonchasi;
- GTP;
- Kanalizatsiya nasos stansiyasi;
- quduq ustidagi nasos xonasi – 2 ta;
- ishlab chiqarish va yong‘in o‘chirish uchun mo‘ljallangan suv zaxirasi rezervuarlari;
- nasos stansiyasi suv tayyorlash qurilmasi bilan;
- dizel generator;
- yomg‘ir oqovalarini tozalash inshootlari;
- xizmat avtomobillari turargohi;
- yengil avtomobillar turargohi;
- hudud to‘sig‘i darvoza bilan;
«UzAUTO-INZI» MChJ QK Bosim ostida yuqori aniqlikda quyish yo‘li bilan alyuminiy detallarini ishlab chiqarishni tashkil etish», O‘zbekiston Respublikasi Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan. Uning yaqinida Xonobod va Qumariq aholi punktlari joylashgan. Asosiy aloqa qilish yo‘llarini Toshkent halqa atomobil yo‘llari (THAY), Toshkent-Angren temir yo‘llari va korxona hududidan o‘tadigan asfalt-beton qoplamali ko‘plab avtomobil yo‘llari tashkil qiladi. Qurilish uchun mo‘ljallangan uchastka amalda bo‘lgan «GMPT-Uz energiya agregatlarini ishlab chiqarish zavodi»ning zaxira maydonini egallaydi va uning hududida issiqxonalar joylashgan. TIA ni ishlab chiqish bo‘yicha berilgan topshiriqqa muvofiq, «Bosim ostida yuqori aniqlikda quyish yo‘li bilan alyuminiy detallarini ishlab chiqarishni tashkil etish» quvvati, ishlab chiqarish dasturi bo‘yicha yiliga 2457 tonna (3 657 000 dona) alyuminiy quymalarini ishlab chiqarishni tashkil qiladi.
Korxona quyidagi turdagi ishlarni bajarish uchun mo‘ljallangan:- alyuminiy eritish;
- alyuminiy quymalarini ishlab chiqarish;
- alyuminiy quymalaridan yasalgan detallarga mexanik ishlov berish;
- yig‘ish.
Kontrakt doirasida chinakam bajarilgan ishlar ta’rifi:
- Bosh reja va transport
- Ishlab chiqarish texnologiyasi
- Me’moriy-qurilish yechimlari
- Issiqlik ta’minoti va energiya ta’minoti
- Isitish, shamollatish va havoni konditsiyalash
- Suv ta’minoti va kanalizatsiya
- Elektrotexnik qismi
- Smetalar
- Mualliflik nazorati