Samarqand viloyatida og‘ir yuk avtotransport vositalari uchun osma va tirkama texnikani ishlab chiqarish
Mamlakat: O‘zbekiston
Mamlakat ichidagi joylashuvi: Toshkent, Samarqand
Boshlanish sanasi:
Yakunlanish sanasi:
Ma’muriy jihatdan yangi qurilayotgan korxona O‘zbekiston Respublikasi Samarqand viloyati Jomboy tumanida joylashgan.
- Loyihalashtirilayotgan korxonadan sharqda 2 km masofada Jomboy shaharchasi joylashgan. Uning shimoli-g‘arbida Olma-ota – Toshkent - Qarshi M39 magistral avtoyo‘li o‘tadi. Korxonadan shimolda 300 m masofada Toshkent-Samarqand temir yo‘l liniyasi o‘tkazilgan.
- Tumanning asosiy aloqa yo‘llari Olma-ota - Qarshi magistral avtoyo‘li (M39), Toshkent-Samarqand temir yo‘li va ko‘plab mahalliy ahamiyatga ega yo‘llardir.
- Hududning relefi nisbatan tekis bo‘lib, shimoliy-g‘arbiy yo‘nalishda umumiy nishablikka ega.
- Hududning iqlimi keskin kontinental bo‘lib, kunduzdagi va tundagi harorat orasidagi farq taxminan 200C ni tashkil qiladi, shuningdek qish va yoz fasllari keskin o‘zgaradi.
- Eng sovuq oy – yanvar oyi bo‘lib, eng past harorati – minus 250C ni tashkil qiladi.
- Eng issiq oyi – iyul oyi hisoblanib, maksimal harorat - plyus 380C ni tashkil qiladi.
- O‘rtacha yillik yog‘ingarchilik miqdori - 360 mm.
- Hududning seysmiklik darajasi - 8 ball
- Muzlash chuqurligi - 0,33 m
- Tuprog‘i – qumoq va qumloq tuproqlar, pastroqda – yirik toshlar va tosh qotishmalar.
- Sizot suvlarini qazib o‘rganishda 1,7m – 2,7m chuqurlikda kuzatildi.
- Korxonaning tarkibiga quyidagi bino va inshootlar kiradi:
- - Ishlab chiqarish binosi;
- - Shiypon – metall ombori;
- - Oshxonali MMK;
- - Maishiy bino;
- - Moddiy buyumlar ombori;
- - Karbonat angidrid gazining generatsiyalash stansiyasi;
- - Gaz ballonlarini saqlash ombori;
- - Tayyor mahsulot maydonchasi;
- - Qozonxona favqulodda yoqilgi shiyponi bilan birga
- - Avtomashinalar va avtoyuklagichlarga texnik xizmat ko‘rsatish punkti;
- - 3 ustunli yoqilg‘i quyish shoxobchasi;
- - Kanalizatsiya nasos stansiyasi;
- - Avtomobillar va avtoyuklagichlarni yuvish uchun shiypon;
- - Aylanma suvning tozalash inshootlari;
- - Metall chiqindilar uchun maydon;
- - Maishiy chiqindilar uchun maydon;
- - Tarkibdagi sanoat oqovalarning tozalash inshootlari;
- -a) Sanoat oqovalarini haydab uzatuvchi nasos stansiyasi;
- -b) Tozalash inshootlari;
- - Kompressor bo‘limi;
- - Muhandislik kommunikatsiyalari estakadasi;
- - elektryuklagichlar uchun zaryadlash stansiyasi.
- Korxona joylashuvining vaziyatli rejasi 3960/1 – 0 – GP-1 chizmasida keltirilgan.
Markazning maydoni rejada muntazam shaklga ega va asosiy fasadi shimoli-g‘arbga yo‘naltirilgan. Maydon bo‘yicha relefning mutlaq balandlik belgilari 701,5 m dan 703,5 m gacha o‘zgarib turadi.
Bosh reja bo‘yicha asosiy ko‘rsatkichlar
Bosh reja bo‘yicha asosiy ko‘rsatkichlar 2.6.1-jadvalda keltirilgan
2.6.1-jadvali
№ t/r |
Nomlanishi |
Soni |
Izoh |
1 |
2 |
3 |
4 |
1 |
Shartli chegaralardagi hudud maydoni |
11,9 ga |
|
2 |
Qurilish maydoni |
3,8 ga |
|
3 |
Kirib kelish yo‘llari va burilish hududining maydoni |
2,8 ga |
|
4 |
Hududdan foydalanish koeffitsienti |
0,67 |
|
5 |
Ko‘kalamzorlashtirish maydoni |
5,3 ga |
Binolarning hajmli-rejalashtirish yechimlarining asosida loyihaning texnologik qismida qabul qilingan qarorlar, loyihalashtirish uchun texnik topshiriqda ko‘rsatilgan qoidalar, O‘zbekiston Respublikasi normativ hujjatlari talablari mujassamlashgan. Korxona majmuasi quyidagi bino va inshootlardan iborat: 1.Asosiy ishlab chiqarish obyektlari: - ishlab chiqarish binosi metall shiyponli ombori bilan; - ma’muriy va maishiy bino oshxona bilan (2 bino); - karbonat angidrid gazini generatsiyalash stansiyasi. b).Yordamchi vazifalarni bajarish va muhandislik ta’minoti obyektlari, - avtomashinalar va avtoyuklagichlarga texnik xizmat ko‘rsatish punkti; - 3 ustun uchun yoqilg‘i quyish punkti; - omborxona binolari; - qozonxona, kompressor xonasi; - VK inshootlari va boshqalar. - bosh rejaga muvofiq.