Bank binosi Samarqand shahridagi M. Ulug‘bek va Bo‘stonsaroy ko‘chalari kesishgan joyda joylashgan.
Bank maydoni rejada kvadrat shaklga ega va asosiy fasadi bilan janubi-sharqqa yo‘naltirilgan. Maydon relefining mutlaq balandlik belgilari 707,46 m dan 712,0 m gacha o‘zgarib turadi. Seysmiklik darajasi - 9 ball. Maydon tarkibiga quyidagilar kiradi:
- bank binosi;
- qozonxona;
- dizel-generator;
- transformator podstansiyasi;
- hudud devori.
Bank binosi uch qavatli, qavatlarning balandligi quyidagicha:
- I-qavat - 4,2 m.
- II va III-qavat - 3,6 m.
Bank mijozlariga xizmat ko‘rsatish faqat birinchi qavatda ko‘zda tutilgan. Ikkinchi va uchinchi qavatda yordamchi, xizmat ko‘rsatish va ofis xonalari joylashgan.
Konstruktiv yechimlar
Seysmik sharoitlarni va II turdagi cho‘kish tuproqlarining katta qalinligini hisobga olgan holda, bino ustunlar va rigellarning qattiq ramkali birikmalari, g‘isht devorlari bilan, mustahkam monolitik temir-beton plita shaklida poydevor bilan monolit ramka shaklida yechim qilindi
- Umumiy maydoni, shu jumladan yerto‘la bilan - 3460 x 692 m³
- Qurilish hajmi, shu jumladan yerto‘la bilan - 12930 x 2468 m³
- Binoning rejadagi o‘lchamlari - 56,20 x 13 m