«O‘ZMETKOMBINAT» AJ. "Kombinatda ferrosilitsiy ishlab chiqarishni tashkil etish" loyihasining ishchi hujjatlari
Mamlakat: O‘zbekiston
Mamlakat ichidagi joylashuvi: Qashqadaryo viloyati
Boshlanish sanasi: 07.11.2016 yil
Yakunlanish sanasi: 03.07.2018 yil
Loyiha doirasida yaratilayotgan ishlab chiqarish "O‘zmetkombinat" AJ da bir yilda 10,0 ming tonna ferrosilikomarganesni ishlab chiqarish quvvatlarini o‘zlashtirishni nazarda tutadi. Qashqadaryo viloyatidagi Dautash marganesli rudalar koni asosidagi marganesli konsentrat asosiy xom ashyo hisoblanadi. Loyiha bilan bir qator ishlab chiqarish, texnik va ijtimoiy masalalarni hal qilinadi, shu jumladan:
- texnologik jarayonlarning maksimal moslashuvchanligini ta’minlash;
- eng maqsadga muvofiq bo‘lgan texnologik jarayonlarini, logistika konsepsiyasini tashkil etish shartlarini yaratish;
- atrof-muhitni muhofaza qilishga oid talablarini bajarish;
- korxonaning me’moriy-badiiy sifatlarini, rejalashtirish va qurilish qamrovlarini oshirish.
"Ferrosilikomarganesni ishlab chiqarishni tashkil etish" majmuasining hajmli-rejalashtirish yechimining asosi buyurtmachi tomonidan taqdim etilgan texnologik ishlab chiqarish sxemalariga tayanadi. Texnologik yechimlar mavjud binolarni rekonstruksiya qilish va yangi bino va inshootlarni loyihalashni, shuningdek ferrosilitsiyani ishlab chiqarish infratuzilmasidan va umuman “O‘zmetkombinat” AJning mavjud pozitsiyalaridan foydalanishni ta’minlaydi. Ishlab chiqarish majmuasi quyidagilardan iborat (yangi qurilish):
- Ishlab chiqarish binosi;
- Gazni tozalash;
- Chang ushlab qolish tizimi;
Omborxona (xom ashyo) majmui quyidagilardan iborat:
- Tayyor mahsulot omborxonasi va maydalash bo‘limi (mavjud bino)
Yordamchi bino va inshootlar:
- Pultli gaz tozalash (mavjud bino, uskunalar bo‘yicha quvvatlar kengaytirilmoqda);
- Nasos stansiyasi gradirnya bilan ;
- Elektr uzatmalar uchun g‘iloflarni tozalash uchastkasi;
- Kompressor stansiyasi.
Ushbu maydon "Ayritma" temir yo‘l stansiyasi yaqinida joylashgan bo‘lib, kirib keladigan temir yo‘llari (Qarshi-Samarqand) va avtoyo‘lga ega.
Uning hududida quyidagilar joylashgan:
-NO‘P, ma’muriy bino,
- po‘lat tunukali shiypon,
- 30 t avtotarozi,
- 60 t avtotarozi,
-xom ashyo va tayyor mahsulot omborlari.
Ushbu hududning umumiy maydoni 9,95 Ga, qurilish maydoni - 1,0 Ga.