«MAN» og‘ir yuk ko‘taruvchi avtotransport vositalarini yig‘ish korxonasi
Shartnoma ma'lumotlari
Kontrakt raqami: TEO 3888
Mamlakat: Samarqand
Mamlakat ichidagi joylashuvi: Toshkent, Samarqand
Boshlanish sanasi:
Yakunlanish sanasi:
Mamlakat: Samarqand
Mamlakat ichidagi joylashuvi: Toshkent, Samarqand
Boshlanish sanasi:
Yakunlanish sanasi:
Loyihaning ta’rifi
Ma’muriy jihatdan yangi qurilayotgan korxona O‘zbekiston Respublikasi Samarqand viloyati Jomboy tumanida joylashgan.
- Loyihalashtirilayotgan korxonadan sharqda 2 km masofada Jomboy shaharchasi joylashgan. Uning shimoli-g‘arbida Olma-ota – Toshkent - Qarshi M39 magistral avtoyo‘li o‘tadi. Korxonadan shimolda 300 m masofada Toshkent-Samarqand temir yo‘l liniyasi o‘tkazilgan.
- Tumanning asosiy aloqa yo‘llari Olma-ota - Qarshi magistral avtoyo‘li (M39), Toshkent-Samarqand temir yo‘li va ko‘plab mahalliy ahamiyatga ega yo‘llardir.
- Hududning relefi nisbatan tekis bo‘lib, shimoliy-g‘arbiy yo‘nalishda umumiy nishablikka ega.
- Hududning iqlimi keskin kontinental bo‘lib, kunduzdagi va tundagi harorat orasidagi farq taxminan 200C ni tashkil qiladi, shuningdek qish va yoz fasllari keskin o‘zgaradi.
- Eng sovuq oy – yanvar oyi bo‘lib, eng past harorati – minus 250C ni tashkil qiladi.
- Eng issiq oyi – iyul oyi hisoblanib, maksimal harorat - plyus 380C ni tashkil qiladi.
- O‘rtacha yillik yog‘ingarchilik miqdori - 360 mm
- Hududning seysmiklik darajsi - 8 ball
- Muzlash chuqurligi - 0,33 m
- Tuprog‘i – qumoq va qumloq tuproqlar, pastroqda – yirik toshlar va tosh qotishmalar.
- Sizot suvlarini qazib o‘rganishda 1,7m – 2,7m chuqurlikda kuzatildi.
- Korxonaning tarkibiga quyidagi bino va inshootlar kiradi:
- - NO‘P (nazorat-o‘tkazish punkti). 2 avtomashina uchun yong‘in deposi;
- - Oshxonali ma’muriy-maishiy kombinat (MMK);
- - Yig‘ish binosi;
- - Konteyner maydoni yuk ko‘taruvchi kozlovoy kran bilan;
- - Avtotrek;
- - Avtomobillar turargohi sinovgacha;
- - Tayyor mahsulot maydoni;
- - YoMM (yoqilg‘i-moylash materiallari) ombori;
- - Kirib keluvchi temir yo‘li;
- - Yong‘in o‘chirish nasos stansiyasi;
- - Yong‘inga qarshi suv zaxirasi rezervuarlari 2 x 1000 m3;
- - Sel oqavalari tozalash inshootlari;
- - To‘plovchi sig‘im;
- - Tozalash inshootlari;
- - Kanalizatsiya nasos stansiyasi;
- - Qozonxona;
- - Favqulodda holat uchun mo‘ljallangan yoqilg‘i sig‘imlari uchun shiypon;
- - Maishiy chiqindilar uchun maydoncha;
- - Darvozali devor.
- Korxona joylashuvining vaziyatli rejasi 3888 – 0 – GP1 chizmasida keltirilgan.