«Autosanoat injiniring» MChJ QK «Jizzax EIZ da yengil tijorat avtomobillarini ishlab chiqarishni tashkil etish»
Mamlakat: O‘zbekiston
Mamlakat ichidagi joylashuvi: Toshkent, Jizzax
Boshlanish sanasi: 06.2017
Yakunlanish sanasi: 12.2018
Jizzax shahrida «Pejo» markali yengil tijorat avtomobillarini yig‘ishni tashkil etish, Yevropada «PSA» ishlab chiqarish quvvatlarining «Pejo» avtomobillarini yig‘ishning mavjud konsepsiyasiga asoslanadi. Loyihaning barcha texnik va texnologik rivojlanishi, shu jumladan yig‘ish texnologiyasi, moslamalar va sifat nazorati tizimi «Avtosanoat-injiniring» mutaxassislari tomonidan «PSA» mutaxassislari bilan birgalikda ishlab chiqilgan. Yengil tijorat transport vositalarini ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha loyihani amalga oshirish bir bosqichda amalga oshiriladi. Yangi tashkil etilgan korxonaning ishlab chiqarish obyektlarida payvandlash liniyasi, bo‘yash liniyasi, presslash liniyasi va yig‘ish liniyasini o‘rnatish rejalashtirilgan. Shu bilan birga, sinov uskunalarini o‘rnatish bilan yangi avtomobil sifatini tekshirish liniyasini tashkil etish nazarda tutilgan. Korxona bir yilda 16 mingta «Pejo» avtomobillarini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan, shu jumladan:
- «Pejo Ekspert (G9) – yiliga 13 000 dona;
- «Pejo Boksyor» (X250) – yiliga 3 000 dona.
- Ma’muriy
- Ishlab chiqarish
- Omborxona
- Suv quvurlari inshooti zonasi
- Muhandislik inshootlari zonasi
- MMK oshxona bilan
- Ishlab chiqarish binosi
- Payvandlash sexi
- Yig‘ish sexi
- Bo‘yash sexi
- KD ombori
- Bo‘yash sexining yordamchi xo‘jaligi
- Shlam tindirgichi
- Tozalash inshootlari
- Moddiy ombor
- Ofis
- Anjomlarni tozalash
- Bo‘yash aravachalarini tozalash
- Aravachalarni ta’mirlash
- Bo‘yoqlar laboratoriyasi
- Bo‘yoq tayyorlash bo‘limi
- NO‘P (nazorat-o‘tkazish punkti)
- NTP (nazorat-texnik punkti)
- Gaz ballonlari ombori
- Suv tayyorlaydigan birlashgan nasos stansiyasi
- Gradirnya (suv sovutish xonasi)
- Yong‘inga qarshi suv zaxirasi rezervuarlari 1400m3x 2
- Transformator podstansiyasi
- Kompressorlar xonasi
- Qozonxona avariya holatida ishlatiladigan rezervuar bilan
- Bosh pasaytiruvchi podstansiya BPP 110/10
- Konteynerlar maydonchasi
- Tayyor mahsulot maydonchasi
- Avtotarozi
- Elektr yuklagichlarni zaryadlash stansiyasi
- Sinov treki
- YoMM ombori
- Yomg‘ir oqovalarini tozalash inshootlari
- Suv olish quduqlari (3 ta)
- Maishiy chiqindilar maydonchasi
- Ishlab chiqarish chiqindilari ombori
- Projektor minorasi
- KNS
- Flagshtoklar (bayroq o‘rnatish xodasi)
- Maydon ichidagi avtoyo‘llar
- Yengil avtomobillar turargohi
- Hudud to‘siqlari darvoza bilan