"Angrenshakar" MChJ Rafinadli shakar ishlab chiqarish zavodi XK
Mamlakat: O‘zbekiston
Mamlakat ichidagi joylashuvi: Toshkent viloyati Angren tumani
Boshlanish sanasi: 31.08.2012 yil
Yakunlanish sanasi: 30.07.2014 yil
“Toshkent viloyati Ohangaron tumanida kuniga 1000 tonna shakar ishlab chiqarish quvvatiga ega “ANGREN ShAKAR” MChJ XK yangi zavodini qurish va tashkil etish” obyekti. Obyekt maydoni qurilish imoratlaridan xoli. Ajratilgan uchastkaning janubiy tomoni bo‘ylab mavjud avtomobil yo‘li o‘tgan. Korxona murakkab uzluksiz ishlaydigan mexanizmni tashkil qiladi. Bugungi kunga kelib bosh reja shakllantirilgan va qator qurilish imoratlariga ega. Hududning rejadagi ko‘rinishi to‘rtburchaklar shaklida bo‘lib, perimetri bo‘ylab yaxlit metall to‘rdan yasalgan panjara bilan o‘rab olingan. Bosh reja quyidagi inshootlarni o‘z ichiga oladi:
- Shakar xom ashyosi ombori
- Rafinadlangan shakar ombori
- Zavod
- Ohaktosh-gaz pechi
- IEM
- Suv to‘plagichlari
- Mo‘ri (tutun chiqarish yo‘li)
- Nasoslar xonasi
- Rezervuarlar oqimlari
- Garaj
- Ustaxona va ehtiyot qismlar ombori
- Materiallarni joylash maydoni
- Shiypon
- Gaz ballonlari ombori
- Ma’muriy-maishiy bino
- Tarozi
- Suv ta’minoti inshootlari
- Suv ta’minoti nasos stansiyasi
- Suv zaxirasi rezervuarlari
- Shimgich filtrlar
- Nasoslar xonasi
- Gradirnyalar (suv sovutish) xonasi
- Elektr shchiti xonasi
- Ohaktoshni saqlash uchun ochiq maydon
- Nasoslar xonasi
- Mazut rezervuarlari
- AS maydoni
- Moy tushgan oqovalarni tozalash inshootlari
- Tozalash inshootlari
- 1-sonli Nazorat-o‘tkazish punkti
- 2-sonli Nazorat-o‘tkazish punkti
- Transformator podstansiyasi
- Temir yo‘llar
- Temir yo‘l tarozilari
- Yuk avtomobillar uchun vaqtincha to‘xtab turish maydonchasi
- Yengil avtomobillar uchun maydoncha
- Avtobuslarning vaqtincha to‘xtab turish maydonchasi
- Zavod kengayishi istiqbollari
- Avtomobillarni yuvish nuqtasi
- 140 o‘rindiqli oshxona
- Devor
- Qop shaklidagi tara sexi
Shartli chegaradagi hududning maydoni - 14,4Ga
Qurilish maydoni - 3,6 Ga
Foydalaniladigan hudud maydoni - 9 Ga
Ko‘kalamzorlar maydoni - 5,4Ga
Qurilish uchastkasining tavsifi
- Binoning yong‘inga chidamliligi darajasi - II
- Binoning mas’uliyati sinfi - II
- KMK 2.01.07-96 ga muvofiq shamolning normativ bo‘yicha tezkor esishi - 0,38 KPa (38 kg/m²)
- KMK 2.01.07-96 ga muvofiq normativ bo‘yicha qor yuklamasi - 0,50 KPa (50 kg/m²)
- KMK2.01.03-96 bo‘yicha hududning seysmikligi - 7 ball
- Angren shahrini seysmik mikrorayonlashtirish xaritasi bo‘yicha muhandislik-geologik sharoitlarni hisobga olgan holda qurilish maydonchasining seysmikligi - 8 ball
- Sizot suvlari - 10 metrdan chuqurroq.
Tuproqning davriy muzl ashi chuqurligi - 0,7 m.