Joriy yilning 3 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligida korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan tanqidiy ruhdagi videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Mazkur yig‘ilishdan so‘ng bugun “O‘zog‘irsanoatloyiha instituti” AJda Bosh direktor rahbarligida institut sektorlar rahbar xodimlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda vazirlik videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosi muhokama qilinib, korrupsion holatlarning oldini olish, shuningdek sohada korrupsion xavfi yuqori bo‘lgan jarayonlarni to‘liq raqamlashtirish hamda inson omilini keskin qisqartirishga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilab berildi. Yig‘ilish davomida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni yanada kuchaytirish, ijro intizomini mustahkamlash, belgilangan topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash zarurligi alohida ta’kidlandi. Shuningdek, korrupsion xavf-xatarlarni bartaraf etishda raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish ustuvor yo‘nalish sifatida qayd etildi. ☎️ Ishonch telefoni: 71 237 32 70 Telegram: @uzogiranticorruption_bot
Lorem ipsum dolor sit amet, consectetur adipiscing elit. Integer adipiscing erat eget risus sollicitudin pellentesque et non erat. Maecenas nibh dolor, malesuada et bibendum a, sagittis accumsan ipsum. Pellentesque ultrices ultrices sapien, nec tincidunt nunc posuere ut. Lorem ipsum dolor sit amet, consectetur adipiscing elit. Nam scelerisque tristique dolor vitae tincidunt. Aenean quis massa uada mi elementum elementum. Nec sapien convallis vulputate rhoncus vel dui.